HTML va CSS’ni o`rganishning oson usuli

Hurmatli sayt yaratishni o`rganaman, shaxsiy web saytim bo`ladi deb yurganlar! Sizlar uchun juda ham ajoyib imkon. Tez kunda Sayt yaratish uchun ilk qadam… deb nomlangan kichik videokursni tayyorlashni reja qilmoqdaman (deyarli ishlarni boshlab yubordim). Aynan hozir sizda savol paydo bo`lishi mumkin. Endi shuni kutishim kerakmi degan? Yo`q albatta. Siz ushbu videokurs tayyor bo`lguniga qadar men 2016-yili EATR tanlovi uchun tayyorlagan HTML va CSS videokurs’ini ko`rib o`rganib turishingizni maslahat bergan bo`lar edim. Sababi ushbu videokursni tamomlamasdan turib keyingi, yangi videokurs’ni o`zlashtirishingiz qiyin bo`ladi. Hozirda ushbu videokurs mega.nz file hostingida mavjud. Ushbu kurs haqida to`liq ma`lumotni manabu yerdan olishingiz mumkin. Tez kunda mahalliy hosting ya`ni tas-ix’ga joylanadi (yoki torrent’ga).

Demak hurmatli o`rganuvchilar, ilk saytingizni yaratishingizga tayyorlanib turing, harakat qilsangiz hamda sabr bilan kutsangiz barchasiga erishasiz 🙂

Agarda sizda yangi videokurs mavzulari bo`yicha qandaydir fikrlar bo`lsa yozib qoldirishingiz mumkin.

⬇️ HTML va CSS videokursi (to`liq)

Mirshohid Ismatov haqida

DREAMING BIGGER. REACHING HIGHER. #RoadToJapan / @Mirshohid

Fikr bildirish

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.