Aliexpress’dan 0.01$ (1 cent) ga nima sotib olish mumkin?

Online do`konlarga o`rganib qolgan odamlar undan chiqib ketishni ham hohlashmaydi. Shunchalik berilib ketishganidan soatlab ham saytda qolib ketishadi. U narsani olaman, bunisi yoqdi deyishadi. Menda ham ba`zan shunday bo`lib turadi. Lekin men kichik ayyorlikdan foydalanaman. Misol biror bir narsani ko`radigan bo`lsam uni albatta arzon narxdagisini yana qayta qidira boshlayman. 1 ta chiqsa keyinchalik yana 1 dona chiqadi. Sotib olib qarasangiz undan ham arzoni chiqib turadi gohida). Lekin shunday narsalar borki ularni narxi 1$ ham emas, 0.01$ (1 cent)’dan boshlanadi. Aliexpress’da biror bir narsani qidirganingizdan so`ng yuqorida filt bo`ladi. Unda narxlarni yoki reytinglarni o`sish va pasayiz tartibida sozlasangiz bo`ladi. Shu bilan birga 1 sent’lik narsalar ham bir dunyo. Ba`zi hollarda esi yuborish uchun ma`lum sent pul to`ladinadi holos. Misol 0.60 sent. Siz tanlagan narsangizni bemalol 2-3 dona buyurtma berishingiz mumkin (bir vaqtning o`zida), shunda 3 ta narsa 0.03$ ga, jo`natish puli esa 0.6$ ga tushgan taqdirda ham siz umumiy hisobda 0.63$ ga 3 ta narsa olishingiz mumkin bo`ladi. Keling unchalik ko`p gapirmay, sababi hamma ham ko`p o`qishni yoqtirmasa kerak. Undan ko`ra ushbu mavzuda tayyorlagan kichik videoim’ni ko`ring.

Albatta ushbu maqola haqida o`z fikringizni yozib qoldirishni unutmang! 🙂

Mirshohid Ismatov haqida

DREAMING BIGGER. REACHING HIGHER. #RoadToJapan / @Mirshohid

1 ta fikr mavjud

  1. Yaxshi-ku……………………….

Fikr bildirish

Sizning elektron pochtangiz hech kimga ko`rinmaydi. To`ldirilishi shart *

*

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.