Bitcoin haqida. Kriptovalyuta nima o’zi? (pul-ishlash.ru)

Butun dunyo valyutaning yangi avlodi – Internetda keng tarqalib ulgurgan va narxi tezlik bilan oshib borayotgan bitcoin haqida gapirmoqda. Bugungi maqolamizda bitcoinlar qanday paydo bo’lgan va hozirda ularning holati haqida gaplashamiz. Internet orqali bitcoin haqida rus tili va o’zbek tilida juda ko’p ma’lumotlar topishingiz mumkin, lekin biz uni eng sodda tilda tushuntirishga bel bog’ladik. O’ylaymiz-ki, maqolamiz orqali Siz bitcoin haqida ko’p narsa bilib olasiz.

 

Bitcoin haqida – kriptovalyutaning dunyoga kelishi

Internet rivojlangani sayin odamlar “uzoqdan turib” pul to’lashiga to’g’ri kela boshladi. Pulni qo’ldan qo’lga berishni esa umuman iloji yo’q. Shuning uchun o’rtakashlarga, ya’ni elektron to’lov tizimlari, bank yoki kuryerga murojaat etish kerak.

Har qanday o’rtakash bajarayotgan operatsiyasi uchun soliq olib qoladi, chunki tekinga ishlashni hech kim hohlamaydi. O’tkazilayotgan pul qancha ko’p bo’lsa, soliqlardagi yo’qotish ham shunchalik ko’p. Axborot texnologiyalari rivojlangani sayin odamlar o’ylanib qolishdi, qanday qilib xarajatlarni kamaytirish va FIKni (foydali ish koefitsienti) 100%ga oshirgan xolda biznes yuritish mumkin?

Takliflar juda ko’p edi, lekin hammasi rad etildi, ahir oldi-berdidagi soliqlarni olib tashlaganda ham, moshenniklardan qanday himoyalanish – pulni aynan Siz o’tkazganingiz yoki uni olganingizni qanday isbotlash mumkin?

Buning yechimi 2009-yil Satoshi Nikamoto matematik xisob-kitoblar natijasida ishlaydigan, yangi to’lov tizimini ommaga taqdim etganda topildi. To’lovni amalga oshirishda ishlatiladigan pul birligi bitkoinlar bo’ldi. Ular maxsus hamyonlarda saqlanib, hamyonlarga pul tushirish va ishlatish mumkin.

Bir bitcoin-hamyon xisobidan pul ketgan yoki unga kelganini aniqlash uchun, mutaxassislar barchaga ochiq xolda, bir hamyondan yoki boshqa adresdan qancha bitkoinlar ketgani va kelganini ko’rsatishni taklif etishdi. Ya’ni, Siz kriptovalyuta tarmog’iga ulanganingizda, barcha bitcoinlar oldi-sotdisini ko’rishingiz mumkin bo’ladi. Shuningdek barcha hamyonlar anonimdirlar (egasi kim ekanligi aytilmaydi), shuning uchun Sizni tanishingiz qaysi hamyon uniki ekanini aytmagan bo’lsa, Siz hech qachon bu haqida bila olmaysiz.

Xisob-kitoblarni muntazam amalga oshirib borishi kerakligi tufayli, bitcoinga, ma’lumotlar bazasi ishlashi uchun kuchli kompyuterlar kerak. Bunday kuchni olish uchun minglab kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulab, kerakli quvvatni olish mumkin. Bu kompyuterlar foydalanuvchilar kompyuterlari. Ulardan biri Siz bo’lishingiz ham mumkin, albatta o’zingiz rozi bo’lsangiz. Agarda foydalanuvchi, o’z kompyuteri videokartasi quvvatini bitcoin tizimini qo’llab-quvvatlash uchun taqdim etsa, bu yordami uchun unga o’sha bitcoin valyutasining o’zida mukofot berishadi. Bunday pul topish usuli “Mayning” deya nom olgan, u haqida keyinroq gaplashamiz.

 

Bitcoin afzallik va kamchiliklari

Bitcoin va uning tarixi haqida yuqorida tushuncha oldingiz, endi uni afzallik va kamchiliklari haqida gaplashamiz. Yana shuni aytib o’tish joizki, hozirgi vaqtda bitcoin valyutasi kursi juda baland ekani tufayli, xisob-kitoblar bitkoinning kichik bir ulushida olib boriladi, oldi berdilarda ko’pincha “satoshi” ishlatiladi, uning qiymati esa 0.00000001 Bitcoinga teng.

Kriptovalyutaning afzallik/kamchiliklarini keltirib, izoh beramiz.

  1. Chegaralangan. Kriptovalyuta yaratilgan algoritmga asosan, ja’mi 21 000 000 gacha bitcoin topish mumkin, bundan so’ng esa yetishtirish toxtatiladi. Buni oqibatida nima bo’lishini hech kim bilmaydi, agarda moliyaviy portlash bo’lmasa, kriptovalyuta muomalada qoladi va har zamon kursini o’zgaritirib turaveradi.
  2. To’liq maxfiylik. Bitcoin-hamyonni raqamlari orqali uning egasi kim ekanligini bilib bo’lmaydi, buning oqibatida noqonuniy pul aylantirish va firibgarlikka yo’l ochiladi.
  3. Ta’minlanmagan. Kriptovalyuta, real pullarga o’xshab, doimiy rezerv bilan ta’minlanmagan va boshqa sabablarga ko’ra bitcoin kursi kutilmaganda to’liq nolga tushib ketishi hech gap emas.
  4. Rasmiy ishlamaydi. Bitcoin moliya tizimiga yomon ta’sir etishi mumkin, shu sababli ko’p davlatlar kriptovalyutaga ishonchsizlik bilan qaraydi. Rossiyada bitcoin yetishtirish bilan shug’illanganlarni javobgarlikka tortish bo’yicha qonun tayyorlashgan, lekin hali yo’lga qo’yilmagan. Balki bitcoinlar hech qachon rasmiy ishlamasa ham kerak, chunki uni qonunlashtirishsa, bitkoin real valyutani o’rnini egallashi ham mumkin.
  5. Uncha mashxur emas. Hozircha ko’pgina moliyaviy muassassalar, Internet-do’konlar va boshqa servislar bitcoinga ishonishmaydi va kriptovalyuta evaziga maxsulot sotmaydilar. Mashxurlashishi chegaralangani boyis Bitkoin to’liq ishlatilmayapti.

Bitkoin dunyoga kelgandan beri uni kursi oshib kelmoqda. Bitcoin bugungi kurs:
Курс Bitcoin к USD

Bitcoin narxi

Hozircha kurs yana oshishini, aniq aytish qiyin: ko’pgina mayning fermalari yopilib ketayapti, chunki kriptovalyuta avvalgidek daromad bermayapti. Shuningdek, bitcoin yetishtirishga qancha ko’p odam qiziqsa, shunchalik tez oshayotgan kurs tushib ketishi mumkin.

Bitcoin nega kerak?

Ushbu maqola orqali biz Sizga bitcoin nima ekanligi, u nimani evaziga yashab kelayotgani, qanday kamchilik va afzalliklari bor ekanini sodda qilib tushuntirishga harakat qildik. Agarda Sizga bu maqola qiziq bo’lsa, bitcoin kursi o’zgarishini aniqlash, mayning va boshqa qiziqarli mavzular – bitcoin sotib olish, bitcoin hamyon ochish, unda pul saqlash, bitcoin krandan satoshi olish va ularni real pulga almashtirish  haqida keyingi maqolalarimizda yozamiz.

 

Mirshohid Ismatov haqida

DREAMING BIGGER. REACHING HIGHER. #RoadToJapan / @Mirshohid

4 ta fikrlar mavjud

  1. Do’stim maqola tagiga pul-ishlash.ru deb ssilka qo’yib qo’ysangiz juda xursand bo’lar edim 🙂

  2. Admin bopladizu gap yo iwlarizga omad repost

  3. Salom Mirshohid. Saytingiz juda zo’r chiqibdi menga yoqdi

Fikr bildirish

Sizning elektron pochtangiz hech kimga ko`rinmaydi. To`ldirilishi shart *

*

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.