Internetsiz bir hafta? | Maqsad sari…

 Aynan hozirda XXI asr bo`lgani uchun hayotimizni zamonaviy qurilmalar hamda undagi mavjud funksiyalarsiz kunlik hayotimizni tasavvur ham qila olmasak kerak. Hattoki shundaylar borki internet tugul telefonsiz umuman yashay olmaydi. Lekin ushbu iborani hammaga ham ishlatish noo`rin. Ammo bu haqiqat. Ushbu maqolani o`zimni boshimdan o`tkazgan inson sifatida yozayapman desam ham yanglishmagan bo`laman. Keling hayotimizni 1 kun telefon, kompyuter va internetsiz tasavvur qilib ko`raylik. Yon atrofingizga qarang. Kimlarni ko`rayapsiz? Hozirgi kunda yoshlar bu narsasiga mukkasidan ketib borayotganiga yaqqol guvoh bo`lishimiz mumkin. Juda ham ko`ngilsiz voqealar ham shularni ortidan kelib chiqayapti. Hatto shunday bo`lganki o`quvchilar juda ham zamonaviylashib ketib hattoki o`z ota-onalari bilan teng, balki ulardan ham katta insonlarga gap qaytarishgacha borishadi. Agarda ular kitob o`qib, zamon bilan ham hamnafas bo`lishganida qanday bo`lar edi? Men juda ham ko`p kuzataman, hayotda ham internetda ham. Shunday odamlar bor boshqalarni hurmat qiladi, muomilasi hamda so`zlashish odobi o`zgacha. Ammo lekin shundaylar ham bor na salomlashish, na muomila bor. Nima deyayotganini ham bilmay ko`p gapirib yuboradi. Shu paytgacha shaxsan o`zim bunday narsalarga ko`p guvoh bo`lganman. Bularni oldini olish uchun nimalar qilishimiz kerak? Aynan hozirda aniq bir narsa deyish qiyin. Negative yoshlarning aniq bir maqsadi yo`q desak ham bo`ladi. Ular maqsad qo`yish tugul hattoki oddiygina biz uchun beriladigan 24 soat’ni teng tahsimlab, unumli foydalanishni ham bilishmaydi. Mening youtube’da yoqtirgan VLOGgerlarimdan biri Oybek Jabborov (BEK VLOGS) bir videosida (hayot uchun motivatsiya beradigan) bir ajoyib kichik hikoyani maqsadga erishish haqida misol qilib keltirgan. Ya`ni ular quyidagicha aytganlar:

 Bir kuni bir bola internetdan ya`ni google’dan qanday qilib hayotda o`z yo`limni topaman deb izlagan. Shunda internet javob bergan. Ertaga seni soat 5-da seni okean oldida kutaman. U bola u yerga shortik yoki fudbolkada borsa bo`lar edi. Ammo lekin u Kastyum, shim va galustikda borgan. Uni bir qari bobo kutib olgan va u bolaga qarab “Suvga tush” deb aytgan. Bola esa “Yo`q men cho`milishni emas hayotda o`z yo`limni topishni hohlayman” deb aytgan. Shunda bobo yana aytgan. Suvga tushgan va suv uning belidan kelgan. Shunda bobo yana tush degan. Bola esa boboni jinni deb o`ylab biroz qo`rqgan. Unda qo`rquv paydo bo`lgan, ya`ni u bola bu bobo meni o`ldiradi deb o`ylab yana yurgan. Shunda bobo uni boshidan ushlab suvga boshini tiqib ushlab turgan. Ushlab turavergan. Qani unga havo yetishmasa nima bo`lar ekan deb ushlab turavergan. Shunda bola boboni itarib suvdan chiqib ketgan. Bobo unga savol bergan “Nega meni itarib suvdan chiqib ketding?” degan. Shunda bola “Menga havo yetishmadi va havo kerakligi uchun chiqdim. Agar havo yo`q bo`lganida o`lib qolishim mumkin edi” deb aytadi. Shunda bobo bolaga qarab “suvni ichida vaqting telefon o`ynashni, televizor ko`rishni, ovqat yeyishni o`yladingmi?” deb aytgan. Bola esa “YO’Q” deb javob bergan.

Ana ko`rdingizmi agarda siz aniq maqsad qo`ysangiz hamda ushbu qo`yilgan maqsadga halaqt beruvchi yoki sizning vaqtingizni oladigan narsalardan voz kechsangiz albatta maqsadingizga erishasiz. Men buni boshimdan o`tkazgan inson sifatida sizlarga ham aytayapman. Misol uchun 2018-yil uchun to`liq maqsad qo`ydingizmi? u maqsad amalga oshirish uchun 2018-yilni kutmang. Aksincha maqsad qo`yilgan ondanoq amalga oshirishga harakat qiling. Ana o`shandagina siz o`z maqsadingizga erishasiz.

Biror bir narsaga erishmoqchimisiz? Unday bo`lsa o`ylagan narsangizga erishish yo`llarini qidiring. Mana oddiy o`zimdan misol. Kollejda 1-kurslik vaqtimda juda ham ko`plab vaqtim bekor o`tib ketganiga achinaman. Sababi men maqsadni qo`yib, ammo lekin uning uchun harakat qilmaganman. Ammo lekin ushbu o`quv yilida maqsadni aniq qo`yib, ularni birin ketin amalga oshira boshladim. Ulardan biri http://site.mirshohid.uz ya`ni mening 2-infomahsulotim. Men bundan g`ururlansam bo`ladi. Hozirda katta maqsadlar sari harakat qilmoqdaman, hamda albatta ularga ham erishaman. Maqsad qo`ydim, bo`ldi endi shuni o`zi yetadi. O`zi bo`laveradi deyish ham to`g`ri bo`lmaydi. Maqsad qo`ydingizmi? Unday bo`lsa ushbu maqsad yo`lida o`yin, kulguni yig`ishtiring hamda maqsad sari qadam bosing. O`yin-kulgu aralashadigan bo`lsa maqsadingiz yo`lda qolib ketishi mumkin. Ishonmasangiz sinab ham ko`rishingiz mumkin albatta. Agarda biz uchun berilgan 24 soat’da bekorchi vaqtlaringiz ko`p bo`lsa.
Ushbu maqolda orqali biroz bo`lsa ham sizlar uchun foydali bilimlarimni baham ko`ra oldim deb o`ylayman.

Mirshohid Ismatov

Mirshohid Ismatov haqida

DREAMING BIGGER. REACHING HIGHER. #RoadToJapan / @Mirshohid

1 ta fikr mavjud

Fikr bildirish

Sizning elektron pochtangiz hech kimga ko`rinmaydi. To`ldirilishi shart *

*

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.