Sayt yaratish uchun ilk qadam… | + sovg`a

 Xabaringiz bo`lsa kerak men shu kunlarda (Noyabr~dekabr oylarida) “Sayt yaratish uchun ilk qadam…” nomli videokursni tayyorlayotgan edim. Ushbu videokurs ishlari oxiriga yetdi. Ushbu videokurs haqidagi ma`lumot’ni siz http://site.mirshohid.uz saytidan olishingiz mumkin bo`ladi. Bu yerda barcha ma`lumotlar, qulayliklar haqida aytib o`tilgan. Mendan ko`pchilik so`radi. Videokursni qanday yuklab olaman? – deb. Siz ushbu videokursni 2018-yil fevral oyining boshida yuklab olishingiz mumkin bo`ladi. Bundan bexabar qolib ketmaslik uchun http://site.mirshohid.uz dagi obuna bo`lish formasiga o`z elektron pochtangizni yozib qo`yishingiz kerak bo`ladi.

 Bundan tashqari men YouTube’dagi kanalimda obunachilarim uchun kichik tanlov tashkil qilgan edim. Sovg`a esa ushbu videokursning 1 dona disk holatidagi nusxasi. Qanday qilib yutib olishim mumkin deysizmi? Buning yo`li juda ham oddiy. Mening YouTube’dagi kanalimga obuna bo`lasiz. Hamda ushbu video’ning komentariyasiga men uchun o`z savolingizni yozib qoldirasiz. Kelasi 2018-yilning Yanvar oyida eng yaxshi savol muallifi ushbu videokursni yutib olish imkoniyatiga ega bo`ladi. Bu juda ham ajoyib imkoniyat albatta. Eng yaxshi savol muallifiga videokurs pochta orqali yuboriladi. Agarda siz ushbu videokursni yutib olmoqchi bo`lsangiz, unda hoziroq harakat boshlang.

Mirshohid Ismatov haqida

DREAMING BIGGER. REACHING HIGHER. #RoadToJapan / @Mirshohid

2 ta fikrlar mavjud

  1. SAVOL:
    Hayolizdagi ideal insonni qanaqa deb o’ylaysiz va siz o’zizni shunday deb tasavvur qila olasizmi? Umuman olganda o’zingizni qanday bo’lishizni xoxlardiz?

Fikr bildirish

Sizning elektron pochtangiz hech kimga ko`rinmaydi. To`ldirilishi shart *

*

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.