DAM OLISH KUNI’ uni qanday o’tkazish kerak? (OVOZA)

Barchamiz haftaning eng yaxshi kunlari dam olish kunlari deb hisoblaymiz. Albatta bu tabiiy. Lekin, ushbu dam olish kunlarida ham qimmatli vaqtimiz o’tayotganini hisobga olsak, uni qanday kutib olishimiz, o’tkizishimiz hamda yakunlashimiz nafaqat haftaning balki butun umrimizni yaxshi tarafga o’zgartirishimizga asosiy turtki hisoblanadi. Xalqimizdagi “Odobni odobsizdan o’rgan” degan purma’no maqoldan foyalanib, omadsiz insonlar o’z dam olish kunlarini qanday o’tkazishini sanab o’tamiz!

Ushbu maqola telegram messenjeridagi @ovoza kanalidan olindi.

1. Ular reja tuzishmaydi

Dam olish kunlarining har daqiqasi uchun reja tuzishimiz shart emas, shunchaki nimalar bilan shug’ullanishimizni oldindan belgilab olishimiz foydadan holi bo’lmaydi. Buning yordamida vaqtimizni tejash bilan birgalikda eng qiziqarli narsalarni unitb qo’ymaymiz.

2. Ular yaqinlariga vaqt ajratishmaydi

Hafta davomida do’stlar hamda oila davrasida suhbat qurish, ular bilan ko’proq vaqt o’tkazishimiz juda qiyin masala. Ushbu muammoni haftaning so’nggida vaqtimizni ular bilan bo’lish esa ular va sizning orangizdagi munosabatlarni yanada mustahkamlaydi.

3. Ular texnologiya vositalaridan dam olishmaydi

Telefonni o’chiring va onlayn suhbatlardan nariroq bo’ling. Shuning bilan birga hamkasblarinigizni dam olish kunlarida javob bera olmasligingiz haqida ogohlantirib qo’ying.

4. Ular dam olish kunlaridan rohat ololmaydilar

Avvaldan rejalashtirgan ishlaringiz bilan shug’ullaning, uyingizda yolg’iz qolib dam olish deysizmi, yoki do’stlar bilan uchrashuvlarmi, nima bilan shug’ullanishingizdan qat’iy nazar avvalo bundan zavq oling.

5. Ular butun kun davomida uxlashadi

Hafta davomidagi yumushlardan toliqib, dam olish kunlarida juda ko’p uxlash orqali barchasidan “o’ch” olishimiz noto’g’ri. Nima bo’lgan taqdirda ham dam olish kunlarini uyqu bilan o’tkazmang, doimiy uyqu rejimining buzilishi oqibatida navbatdagi hafta davomida o’zingizni juda yomon his qilishingiz mumkin.

6. Ular juda ko’p harajat qilishadi

Albatta, ba’zida o’zimizni hursand qilib turishimiz ham kerak. Lekin, o’zimiz zavqlanmaydigan narsalarga katta pul sarflashimiz ham o’zimizga zarar bo’lishi mumkin. Yaxshisi, boshqa ishlar bilan shug’ullaning, misol uchun bepul tadbirlarda qatnashing.

7. Ular fikr qilmaydilar

Tunlari bedor bo’lib, kelajakdagi hayotingiz hamda maqsadlar haqida o’ylamang. Bu narsalarga damolish kuningizdan vaqt ajrating.

8. Ular doim ish haqida o’ylashadi

Kelgusi dushanbadan juma kuni kechqurungacha bajaradigan ishlaringiz haqida emas, balki keyingi shanba va yakshanba kunlari qanday dam olishingiz haqida qayg’uring.

9. Ular hech qanday ish qilmaydilar va bundan afsus chekadilar

Og’ir ish kunlaridan so’ng, hech qanday ish qilmasdan dangasalik qilish yaramaydi. Uy-ro’zg’or ishlaridagi ishlar bilan ham shug’ullaning.

10. Ular dam olmaydilar

Dam olish kunlari o’zingizning rejangizdagidek dam olomasangiz, yangi haftada umuman quvvatingiz qolmaydi va ko’zlangan maqsadlarga erisha olmaysiz.

11. Ular keyingi hafta uchun tayyor emas

Yakshanba kuni kechqurun keyingi hafta haqida o’ylashingiz mumkin: yangi hafta uchun rejalar, taqvimga mos mashg’ulotlar va yangi kunlar uchun yangi maqsadlar.

@OVOZA – zamonaviy, ilmiy-ommabop qiziqarli va samimiy kanal

Mirshohid Ismatov haqida

DREAMING BIGGER. REACHING HIGHER. #RoadToJapan / @Mirshohid

Fikr bildirish

Sizning elektron pochtangiz hech kimga ko`rinmaydi. To`ldirilishi shart *

*

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.