Kriptovalyutaning dunyoga kelishi

Internet rivojlangani sayin odamlar “uzoqdan turib” pul to’lashiga to’g’ri kela boshladi. Pulni qo’ldan qo’lga berishni esa umuman iloji yo’q. Shuning uchun o’rtakashlarga, ya’ni elektron to’lov tizimlari, bank yoki kuryerga murojaat etish kerak.

Har qanday o’rtakash bajarayotgan operatsiyasi uchun soliq olib qoladi, chunki tekinga ishlashni hech kim hohlamaydi. O’tkazilayotgan pul qancha ko’p bo’lsa, soliqlardagi yo’qotish ham shunchalik ko’p. Axborot texnologiyalari rivojlangani sayin odamlar o’ylanib qolishdi, qanday qilib xarajatlarni kamaytirish va FIKni (foydali ish koefitsienti) 100%ga oshirgan xolda biznes yuritish mumkin?

Takliflar juda ko’p edi, lekin hammasi rad etildi, ahir oldi-berdidagi soliqlarni olib tashlaganda ham, moshenniklardan qanday himoyalanish – pulni aynan Siz o’tkazganingiz yoki uni olganingizni qanday isbotlash mumkin?

Buning yechimi 2009-yil Satoshi Nikamoto matematik xisob-kitoblar natijasida ishlaydigan, yangi to’lov tizimini ommaga taqdim etganda topildi. To’lovni amalga oshirishda ishlatiladigan pul birligi bitkoinlar bo’ldi. Ular maxsus hamyonlarda saqlanib, hamyonlarga pul tushirish va ishlatish mumkin.

Internetda mavjud maqolalardan foydalanildi.

Mirshohid Ismatov haqida

DREAMING BIGGER. REACHING HIGHER. #RoadToJapan / @Mirshohid

Fikr bildirish

Sizning elektron pochtangiz hech kimga ko`rinmaydi. To`ldirilishi shart *

*

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.