Qanday qilib YouTube’dan video yuklab olsa bo`ladi?

Mening fikrimcha YouTube’dan video yuklab olishni (ya`ni ko`chirib olishni) deyarli ko`pchilik bilmaydi. Shuning uchun men ushbu maqola orqali sizlarga youtube’dan hech qanday qo`shimcha dasturlarsiz video yuklab olishning bir-nechta usullarini ko`rsatib o`taman. Unda boshladik. Keling manabu videoni yuklab olishni ko`rib chiqaylik: https://www.youtube.com/watch?v=mG3KMIYeCe0

1. SaveFrom.net

Ushbu sayt videolarni yuklab olish uchun juda ham qulay. Shunchaki saytni ochasiz, videoning linkini joylaysiz, videoning kerakli sifatini (720p, 480p, 360p) tanlaysiz hamda DOWNLOAD qilib olasiz. Lekin ushbu sayt orqali FullHD ya`ni 1080p video yuklab olishning imkoniyati yo`q, lekin videoning ovozi yo`q holatini 1080p qilib yuklab olish imkoni bor. (U ham videoga bog`liq)

12. SaveFrom’ning qo`shimcha funksiyasi.

Bu nima degan savol sizda paydo bo`lgan bo`lsa, unda o`sha savolga javob qidiramiz. Sizda videoning manzili bor. (https://www.youtube.com/watch?v=mG3KMIYeCe0) Siz browseringizga quyidagicha yozasiz: http://sfrom.net/https://www.youtube.com/watch?v=mG3KMIYeCe0 ko`rinishida yozasiz. Shunda sizga 1-holat’dagi oyna ochiladi hamda yuklab olishingiz yana ham osonlashadi.

3. SSYoutube. 

SSYoutube’ ham aslida savefrom’ga qarashli. Ya`ni ssyoutube.com sayti. Sizga ajoyib hamda tezlik bilan yuklash oynasini ochishga yordam beradi. Ya`ni sizdan talab qilinadigani linkingizdagi (https://www.youtube.com/watch?v=mG3KMIYeCe0) youtube so`zining oldiga ss qo`shib qo`yish (https://www.ssyoutube.com/watch?v=mG3KMIYeCe0) manashunda 1-holat ochiladi.

4. Tampermonkey.

Bu faqatgina GoogleChrome foydalanuvchilari uchun APP desa ham bo`ladi (deyarli barcha browserlar uchun mavjud.). Buni https://chrome.google.com/webstore/detail/tampermonkey/dhdgffkkebhmkfjojejmpbldmpobfkfo  Google Chrome’ning AppStore’idan o`rnatib olishingiz mumkin. Yoki maxsus sayti tampermonkey.com. Ushbu qo`shimchaning qulayligi shundaki. Qayerda bo`lsangiz ham sizga video yuklab olishingiz mumkin. Youtube bo`ladimi, Instagram yoki VKontakte. Farqi yo`q. Deyarli ko`plab saytlardan videolarni yuklab olishda qo`llasa bo`ladi.

2.JPG

5. Alohida dasturlar.

Savefrom’ni ochganingizda sizga UmmyDownload deb nomlangan dasturni taklif qiladi. O`zim ishlatib ko`rmaganman, ammo lekin UD orqali siz FullHD videolarni hamda musiqalarni mp3 holatida yuklab olish imkoniyatiga egasiz. Bundan tashqari yana bir qancha dasturlar ham mavjud. 3D youtube downloader, 4K downloader degan. Lekin ular haqida aniq bir ma`lumotga ega emasman, hamda biror nima ayta olmayman.

3.JPG

Ushbu maqolada o`zim bilgan ma`lumotlarni baham ko`rdim. Menimcha xatolari yo`q deb o`ylayman. Albatta o`z fikringizni yozib qoldirishni unutmang 🙂

 

Mirshohid Ismatov haqida

DREAMING BIGGER. REACHING HIGHER. #RoadToJapan / @Mirshohid

Fikr bildirish

Sizning elektron pochtangiz hech kimga ko`rinmaydi. To`ldirilishi shart *

*

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.