photo: theconversation.com

Tilni bolalardek o`rganing!

Qandaydir chet tilini o`rganishni hohlasangiz qanday usullardan foydalanib o`sha tilni o`rganishni boshlar edingiz? Tayyorlov kurslariga boribmi yoki osonroq usullarini qo`llagan bo`lar edingizmi? Menimcha ko`pchilik osonidan boshlasa kerak. Shu o`rinda yana bir ajoyib gap, “Biror bir ishni dangasaga berib qo`ysangiz, u albatta oson yo`lini qidirib topadi”. Deyarli menda ham aynan hozir shunday bo`lgan. Bularga keyingi bloglarda to`xtalib o`tamiz. Hozir men sizga til o`rganishning samarali usulidan foydalanish haqida aytib bermoqchiman. Ushbu usuldan foydalanib hohlangan tilni unchalik ko`p bo`lmagan vaqt ichida o`rganishingiz mumkin bo`ladi. Bu tilni “Bolalardek o`rganish” uslubi.

Doktor J.Marvin Brown

1984-yili Bonkokdagi Amerika Universiteti Til Markazi Thai tilini yangicha usul bilan o`rgata boshladi. Bu usulning nomi “Eshitish metodikasi“. Yaqin yillar ichida bu metodika “Tilni Avtomatik Rivojlantirish” (TAR) deb nom chiqardi.

Bu metodda aytilishicha tilni avtomatik tarzda gapirish rivojlanishidan oldin, gapirishga bo`lgan har qanday harakat (hattoki til haqida o`ylash) zarar keltiradi va oxirigi natija qoniqarli bo`lmaydi. Boshqacha qilib aytganda, bu metodikada juda ham uzoq “sokin muddat” dan foydalaniladi.

“Sokin muddat” mobbaynida tinglovchilar e`tiborlarini faqat eshitishga qaratishadi. 6-12 oy kuchayib boruvchi eshitish mashqlaridan keyin tinglovchilar tabiiy ravishda qiynalmasdan gapira boshlaydi, qiynalib o`ylab ham o`tirishmaydi.

BOLALARNING BIRINCHI SIRI:

Hammamizga ma`lum oila yangi davlatga ko`chib borganida ularning bolalari oxiri oqibat huddi chet elliklardek gapira boshlaydi, lekin katta yoshdagilar gapira olmaydi. Buni ko`pchilik “yosh bolalarda talant bo`ladi va yosh o`tgan sayin bu yo`qolib boradi” deb o`ylaydi.

Ustozlarning aytishicha katta yoshli insonlar tabiiy ravishda o`rgatishni o`rniga tilni o`qitish kerak.

Lekin hozirgi o`qitish uslubi bilan biz qoniqarli natijaga erishdikmi? Misol uchun nega markaziy Afrikalik voyaga yetgan insonlar yangi tilda gapiradigan yerga ko`chib o`tganida zamonaviy talabalardan ko`ra tezroq o`rganib olishadi? Qadimda ustozlar adashganmikin? Balki kattalar ham yosh bolalar qilgan ishni qila olar? Balki ular yangi tilda gapirishga to`sqinlik qilayotgan narsa (talant yetishmasligi emas) ularning nima ishlar bilan shug`illanayotganliklaridur?

XATO – Bolalar kattalar qila olmaydigan bir ishni qila olishadi.

SO`RALMAGAN SAVOL – Nima bo`lar edi deb o`ylaysiz. Kattalar ham bolalarga o`xshab bir yil davomida umuman gapirmay faqat eshitish bilan shug`illanishganida?

BIZNING JAVOB – Kattalar ham bolalar ham bu ishni to`g`ri qilishi mumkin, lekin faqatgina kattalar noto`g`ri qilishlari mumkin.

Tasavvur qiling, 4 yoshli bola va katta yoshli inson – birov unga gapirganda nima qiladi? Bola ko`pincha faqat eshitadi. Ammo lekin kattalar ya`ni katta yoshli insonlar unga javob qaytarishga harakat qilishadi. “Gapirishga harakat qilmaslik” bolaning siri bo`lsachi? Har doim 100% to`g`ri gaplarni eshitish tilni to`g`ri rivojlanishiga olib keladi, lekin noto`g`ri gaplarni aytish, xato bilan gapirish tilni noto`g`ri rivojlanishiga olib keladi.

Agar kattalar bolalar qilgan ishni qilsa (ya`ni 1 yil mobaynida gapirishga harakat qilmasdan faqat eshitsa) nima bo`lishi mumkin?

1984 – yili AU til markazi Thai tilini o`rgatish uchun aynan shu uslubni qo`llay boshladi. Ya`ni tinglovchilar yangi tilda umuman gapirmasdan bir yil davomida faqat tinglashadi. Biz shuni tushunib yetgan narsa shu bo`ldiki, kattalar huddi bolalar erishgan natijaga erishishlari mumkin ekan. Agar kattalar tabiiy suhbatlarni hayotiy holatlarda, gapirishga harakat qilmay, butun 1 yil davomida tushunsa, aniq talaffuz bilan 100% ravon gapirish avtomatik tarzda kelib chiqar ekan.

Kattalar bilan bolalarning o`rtasidagi farq bu kattalar tilni o`rganish qobilyatini yo`qotganida emas balki bolalar hali tilni not`g`ri o`ranish qanaqa bo`lishini bilmasliklaridadur (ya`ni til o`rganishni, gapirishga majbur qilib, buzib yuborishda)

Majburan gapirish kattalarga zarar yetkazadi. Qoidalar, tarjimalar va hakazolar bilan o`zini aytayotgan har bir so`zini ongli ravishda o`ylash kattalarni huddi Amerikalik yoki Angliyaliklardek gapirishdan to`xtatib qoladi.

Tabiiy gapirish (avtomatik tarzda kelib chiqadigan gapirish) zarar yetkazmaydi (hattoki xato bo`lgan taqdirda ham). Zarar xato qilishdan kelib chiqmaydi; til haqida o`ylashdan kelib chiqadi.

Biz sizga taklif qilmoqchi bo`lgan gap quyidagicha: bolalar huddi chet elliklardek gapiradigan bo`lib qolishlariga sabab bitta! Ular gapirishni eshitib o`rganishadi. Va kattalar bu ishni uddalay olmasligini sababi esa ular gapirishni gapirib o`rganishadi.

Juda ham ko`p gapirishadi.

Formula mana bunday: “Eshiting“, “Gapirmang” va “Sabrli bo`ling“. Ana endi bu faqat bolalarning siri emas. Bu hammaning siri. Bolalarni til o`rganishni chin dildan bajarishiga qaramasdan kattalar ancha tezroq bajarishlari mumkin.

IKKINCHI SIR – TAR QANDAY ISHLAYDI?

Ko`pchilik til ustozlari har doim o`quvchilarini ilojisi boricha ko`proq gapirtirishga harakat qilishadi va to`g`ri gapirish uchun gapni aytishdan oldin yaxshilab o`ylashni aytishadi. Meni aytmoqchi bo`lgan gapim shuki, aynan shunday gapirish kattalarni tilni zo`r o`rganishdan to`xtatib qoladi.

UCHINCHI SIR – TAR’DAN DARSDA FOYDALANISH

Yangi davlatga ko`chib kelgan bolalarga e`tibor bersak biz ularni “eshitib, kulib, kuzatib” yurganini ko`ramiz. Bolaning siri: quloqlar ochiq, og`iz yopiq, testlar yo`q. Ular 2 yil ichida huddi chet elliklarga o`xshab gapiradigan darajaga chiqishadi.

Lekin butun dunyodagi til darslariga e`tibor bersak aynan shuni aksini ko`rishimiz mumkin; qulolar deyarli yopiq (o`rganuvchilar ko`zlardan foydalanishadi), og`iz ochiq va juda ko`p testlar. Juda ham kam o`rganuvchilar chet elliklar kabi gapirish darajasiga chiqishadi.

Hozirgi zamon o`rganuvchilari uchun ikki narsa kerak.

Birinchi, ular yangi tilda bo`layotgan ishlar shunaqangi darajada qiziq (kulguli, hayajonli, oxiri nima bilan tugashini istagi va hakazo) bo`lishi kerakki, ular til o`rganayotganini unitib qo`ysin.

Ikkinchi, ularning tushunish darajasi yetarli darajada baland bo`lishi kerak va bu birinchi kundanoq 80-100% degani!

Ustozlarni qiziqarli va tushunarli qilib dars o`tishga ko`p vaqt talab qiladi. Ammo lekin muvofaqqiyatning siri shunda! Yangi yilni chet elliklardek gapirish siri bu qiziqarli va tushunarli narsalarni eshitish va uzoq “sokin muddat”.

resurslar: algworld.com | effortlessenglishclub.com | sdkrashen.com

 

 

Mirshohid Ismatov haqida

DREAMING BIGGER. REACHING HIGHER. #RoadToJapan / @Mirshohid

Fikr bildirish

Sizning elektron pochtangiz hech kimga ko`rinmaydi. To`ldirilishi shart *

*

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.