Ingliz tili – Bu sport! #MetaStudy (Ingliz tili A1)

 Menimcha ko`pchilik chet tillarini qisqa muddatda juda ham zo`r o`rganishni hohlasa kerak. Lekin ko`p til o`rganuvchilari 2-3 oydan keyin ko`plab qiyinchiliklarga ko`ra til’ni o`rganishni tashlab yuborishadi. Unga aynan nima sabab bo`lishi esa aniq emas. Balki so`zlarni yoki grammatikani yodlash qiyinlik qilgandur? Ha mayli endi asosiy maqsadga o`tsam!

 Men juda ham ko`plab yillar oldin ingliz tilini o`rgana boshlaganman. Adashmasam 3-yoki 4-sinfdaligimda. O`sha vaqtlar oralig`ida English for Kids nomli kitobning 1-bo`limini puxta o`zlashtirgan edim. Ammo keyinchalik o`z ustimda ishlamadim, tayyorlov kurslariga bormadim. Lekin o`sha mahallarda olgan bilimlarim menga ancha as qotdi. Lekin 9-sinfgacha aniq bir qunt qila olmadim. Qo`limdan kelganicha tushunar, tarjima qila olar edim. Lekin gapirish, fikr bildirish 0 edi. 1-kurs’ning 2-semesteriga o`tgandan so`ng yana o`rganishga qaror qildim. Lekin 2 haftadan so`ng qolib ketdi. Ammo lekin hozir natija juda ham yaxshi. Keling bu haqida ko`p gapirib sizlarni vaqtingizni olmayda eng eng asosiy mavzu haqida sizlarga aytib beray. Bu mavzu haqida alohida BLOG yozishga harakat qilaman.

 Men aynan hozirda ingliz tilini yangi metodlardan foydalanib o`rganmoqdaman. Hammani to`xtatib turgan narsa bu albatta eski metodlar, eski so`z yodlash usullari va hakazo. Sizga bir kichik savol bilan yuzlanmoqchiman. Biror bir tilni yaxshi o`rganish uchun avval gramatika kerakmi yoki o`sha tilda bemalol fikrlay olish, gapira olish kerakmi? Tasavvur qilib ko`ringa 1 yoshlik chaqaloq qo`liga grammatik kitob olib til o`rganayapti. Bu g`alati emasmi? Ko`pchilik o`rganuvchilarda bir narsa bor. Ya`ni ular grammatikani o`rgansa bo`ldi. Boshqa hech narsa kerak emas, ular ingliz tilida zo`r bo`lib ketishadi. “Bu bo`lmagan gap” deb tasdiqlay olaman.

 Aynan hozir yangi metodlarni hamda til o`rganish bo`yicha turli qil maqolalarni va videolarni ko`p qidirib, ulardan ancha narsalarni o`rganmoqdaman. Yaqinda telegram messenjeridagi Ingliz tili A1 nomli kanal’dan ajoyib bir maqola kelgan edi. “INGLIZ TILI BU JISMONIY SPORT!” deb nomlangan. Ushbu maqolani to`liq o`qishingizni tavsiya qilgan bo`lar edim. Sababi rostdan ham juda foydali)))

 

Ko’p talabalar “agar men ko’p so’z yodlasam va ko’p gramatik mashqlar yechsam Ingliz tilini ravon gapira oladigan bo’laman” deb o’ylashadi lekin men bu gapga unchalik qo’shilmayman. Nega?

Keling 2ta futbol o’yinchisini olamiz. Ularning ismi Jim va Bob. Jim bir yildan beri futbol o’ynaydi. Bob futbol haqida 5 yildan beri o’qiydi. Jim futbol o’ynash qanaqa bo’lishini aniq biladi chunki u 365 kundan beri futbol o’ynab keladi. Bob futbol “haqida” hamma narsa biladi lekin u hech qachon futbol o’ynab ko’rmagan.

Savol: Agar futbol chempionati bo’layotgan bo’lsa va siz shu 2 o’yinchidan biriga 1000 do’llar pul tikishga majbur bo’lsangiz kimni tanlagan bo’lardingiz? Barcha ko’nikma va tajribaga ega Jim nimi yoki barcha bilim lekin 0 tajribaga ega Bob nimi?

Ingliz tili ham huddi shunday. Ingliz tili shug’ullanish uchun mo’ljallangan ko’nikma, o’qiydigan fan emas. Qaytarib aytaman Ingliz tili bu ko’nikma, fan emas. Ingliz tilini o’qimaydi. Uni o’rganadi!

Gap siz nechta so’z yoki nechta gramatik qoidalarni bilishingizda emas. Gap yozayotganda yoki gapirayotganda Ingliz tilini qanchalik ishlata olishingizda. Men bir narsaga qattiq ishonaman. 100ta so’zni 1000 xil usulda ishlata oladigan odam 1000ta so’zni biladigan lekin ulardan foydalanaolmaydigan odamdan 10 barobar yaxshiroq.

Ingliz tilini fan sifatida “o’qishni” ni o’rniga u bilan “shug’ullaning” Buni qanday amalga oshirish mumkin?

Siz Ingliz tili bilan shug’ullanish uchun meni “Top 10” uslubimdan foydalanishingiz mumkin. TOP 10 USLUBI:

1-Qadam: MAVZU – Sizga judayam qiziq bo’lgan mavzuni toping

2-Qadam: MATERIAL – Shu mavzuda Internetdan har hil materiallar oling

3-Qadam: MASHQ – NET time dan foydalangan holda ular bilan shug’ullaning

MASALAN:

1-Qadam: MAVZU –Aytaylik siz ham menga o’xshab “Personal Development” (shaxsiy rivojlanish)ga qiziqasiz.

Agar siz futbolga qiziqsangiz “Personal Development” ni o’rniga “football” so’zni yozing

Agar siz online businessga qiziqsangiz “online business” so’zni yozing

Agar siz ovqat qilishga qiziqsangiz “cooking” so’zni yozing

2-Qadam: MATERIAL – Shu mavzuda Internet har hil materiallar oling

Google: top 10 personal development blogs,

Google: top 10 personal development podcasts

Google: top 10 personal development YouTube channels

Google: top 10 personal development mobile apps

shularni Google dan birma bir qidiring va har bir turdagi materialdan faqat 3ta eng kuchlisini tanlang yani 3ta eng zo’r blog, 3ta eng zo’r podcast, 3ta eng zo’r mobil ilova va h.k.

3-Qadam: MASHQ – Net time = No Extra Time (Qo’shimcha VaqtSiz) metodidan foydalaning yani har kunlik boshqa ishlar bilan shug’ullanayotgan vaqtda Ingliz tilini o’rganishni o’zingizga odat qiling. Masalan, avtobusda ketayotganda podcast (bepul yuklab olsa bo’ladigan radio shou). Metroda mobil ilovadan foydalaning. Uyda kechki ovqat vaqtida YouTube videolarini ko’rishingiz mumkin. To’g’risini aytsam men uchun YouTube eng zo’ri chunki undan video yuklab olib, uni ko’rib bo’lgach mp3 ga o’girib eshitib yurish ham mumkin.

Shu mashqlarni barchasini bajarsanagiz siz,

1) vaqtdan yutasiz chunki uyga borib alohida Ingliz tili bilan shug’ullanishni hojati qolmaydi

2) O’zingizga eng kerakli bo’lgan Inglizcha muhitni yaratasiz va Ingliz suhbatdoshga hojat qolmaydi

3) O’z ongingizga har kuni ozuqa berasiz va bu sizni barkamol inson bo’lib yetishishingizda yordam beradi

Nega bu ish beradi? Har bir kishida o’zining o’rganish uslubi bo’ladi va ular 3 toifaga bo’linadi: Visual, Auditory va Kinesthetic. Visual o’rganuvchilar ko’rib tezroq o’rganishadi. Auditory o’rganuvchilar eshitsa tezroq o’rganishadi. Kinesthetic (men shu toifaga kiraman) o’rganuvchilar mashq qilib, ish bajarib tezroq o’rganishadi. Shu sababli videolar, podcastlar, mobil ilovalar va bloglar sizga til o’rganish tezligini oshirishda ancha yordam beradi 1 xil materialdan ko’ra.

Bugunoq Ingliz tiliga sportga qaragandek qarashni boshlang va u bilan doimiy ravishda shug’ullanib yuring. ILoji boricha Ingliz tili “haqida” yozilgan kitoblarni o’rniga “ingliz tilida” yozilgan qiziqarli kitoblarni o’qishga harakat qiling. Etiborni so’z yodlashga emas, o’zingizga yoqqan mavzuni Ingliz tilida o’rganishga qarating shunda hech qachon til o’rganishga majburiy ishga qaragandek qaramaysiz va hech qachon o’rganishdan to’htamaysiz chunki sizga tildan ko’ra shu tilda yozilgan fikrlar va g’oyalar ancha qiziqroq. Bu ishni amalga oshirish uchun o’zingizga yoqqan mavzuni tanlang, shunga aloqador materiallar toping va oz-ozdan bo’lsada har kuni mashqlar bajaring va til o’rganishni, uhlash va ovqatlanish kabi hayotingizni bir ajralmas qismiga aylantiring!

Agar bu jarayonni yanada tezlashitirishni istasangiz unda +998935399093ga qo’ng’iroq qiling darslarimizga yoziling yoki “Ingliz Tili A1” (@ingliztilia1) va “Ace Academy” (@aceuz) telegram kanallarimizga azo boling! Kurslarimiz haqida to’liq malumotni quyidagi silkadan yuklab olishingiz mumkin!

Mirshohid Ismatov haqida

DREAMING BIGGER. REACHING HIGHER. #RoadToJapan / @Mirshohid

Fikr bildirish

Sizning elektron pochtangiz hech kimga ko`rinmaydi. To`ldirilishi shart *

*

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.