ERTA UYG’ONISH UCHUN MASLAHATLAR!!! (Shaha Dolimov)

Erta uyg`onish. Buni ko`pchilik o`zi uchun odat qilib olmaguncha biroz o`rganish qiyin. Ammo lekin hammasining ilojisi bor :-). Menimcha Shaha Dolimov’ni barcha tanisa kerak. O`sha O`zbekistonlik videobloger. Shular yaqinda o`z shaxsiy saytlarini ochgan edilar. Aynan o`sha saytlarida ajoyib bir BLOG yozgan edilar. Aynan ushbu maqolani sizlar bilan ulashmoqchi bo`ldim. Menimcha sizga juda ham foydasi katta bo`ladi.

Ko’pchiligimizda uchraydigan eng katta muammolardan biri bu barvaqt uyg’onishdir. Adashmasam har bir inson har kuni ertalab bu muammoga duch keladi. “Yana 5 daqiqadan so’ng turaman deb” 1 soat o’tkazib yuborish hech gap emas. Erta turishning inson tanasiga va uning kuniga foydalari haqida juda ko’p eshitganmiz. Bugungi maqolamda qanday qilib tongni to’g’ri qarshilash haqida o’z maslahatlarimni beraman.
 

1. Erta turish uchun erta uxlang!!!

Ha to’g’ri o’qidingiz. O’rtacha inson har kuni 5-9 soatgacha uxlash kerak. Bur raqam har bir kishiga qarab o’zgaradi. Kimdir 8 va kimdir esa 5 soat uxlaydi. Shaxsan menga, kun bo’yi uzimni yaxshi his qilishim uchun 5 soat uyqu yetarli. O’qishlarim ko’p bo’lganligi tufayli, uyquga odatda kechki 00:00 yoki 01:00 da yotaman va ertalab barvaqat 6da uyg’onaman. Agar siz 8 soat uxlaydigan inson bo’lsangiz ertalab soat 6da uyg’onish uchun kechki soat 10-11larda uxlash tavsiya e’taman.

 

2. 1 stakan suv

Uyquga ketishingizdan oldin yoningizga 1 stakan suv qo’yib yoting. Uyqudan turishingiz bilan shu suvni iching. Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib sizga shuni ayta olamanki, bu odat keyinchalik sizni uxlab qolmaslikka katta yordam beradi. Qurib qolgan tanangizga suv bersangiz, qoningiz ancha yurishadi va uyqu ancha yengil ochiladi.
 

3. 2-3 soat oldin ovqatlanish

Uyquga yaqin ovqatlanish ham sizni ertalab uyg’ona olmasligingiz sabablaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun yotishdan kamida 2 yoki 3 soat oldin ovqatlanish maqsadga muvoqdir. Yotishdan oldin yana 1 stakan suv ichib olish ham tavsiya etiladi.
 

4. Sotsial set

Bilaman bu gapni aytganim bilan juda kamchilik qiladi. Balkim shu maqolamni hozir uyquga ketishdan oldin o’qiyotgan bo’lishingiz ham mumkin haha. Lekin uyquga ketishdan oldin elektronik vositalardan qancha kam foydalansangiz shuncha yaxshi.
 

5. Kitob o’qing

Tez uyquga ketish uchun, uxlashdan oldin kitob o’qishni tavsiya qilaman. Kitobni stol lampasi yoki xona yorug’ligi yaxshi bo’lgan joyda o’qing.

Mirshohid Ismatov haqida

DREAMING BIGGER. REACHING HIGHER. #RoadToJapan / @Mirshohid

Fikr bildirish

Sizning elektron pochtangiz hech kimga ko`rinmaydi. To`ldirilishi shart *

*

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.