Ingliz tilini o`rganayotganlar uchun ajoyib maslahat

Agarda siz ingliz tilidan biror bir club’ga yoki tayyorlov kursiga borayotgan bo`lsangiz shunchaki praktika uchun haqiqiy native speaker lar bilan yoki ingliz tilini biladigan boshqa odamlar bilan albatta TeamSpeak dasturi yordamida gaplashing. Ya`ni bu nima degani? Agarda internetingiz yaxshi bo`lsa, unda TeamSpeak dasturini telefoningizga yoki kompyuteringizga yuklab oling hamda global va public serverlardan foydalanib bemalol muloqot qiling.
Juda ham yaxshi lifehack. Sababi ko`pchilik oldimda odam yo`q, yoki men gapirganim bilan tushinishmaydi deb aytishadi. Lekin bu narsa sizni o`sishingiz uchun katta yordam beradi.
Mana shunda yana bir narsaga iqror bo`ldimki, kitob’dan hamma grammatik qoidalarni daftarda yodlagan bilan sizdan kelib gramatikani bilasizmi deb so`rashmaydi. Bu yerda sizni gapirishingiz asosiy ro`l o`ynaydi. Shuning uchun siz birinchi o`rinda ingliz tilida (boshqa chet tillarida ham) gapirish ko`nikmasini egallab olsangiz, nur ustiga a`lo nur bo`ladi.
Mana misol uchun biz. Deyarli o`zbek tili gramatikasidan deyarli umuman foydalanmaymiz. Shaxsan men ham. Lekin o`qigan kitoblarim, ko`rgan video va kinolarimdan foydalanib, O`zbek tilida yozish, gapirish qobilyatlarimni yaxshi rivojlantirganman.
Bir ajoyib gap yodimga kelib qoldi “Ingliz tili bu fan emas, bu ko`nikma” degan. Agarda ushbu gapni tahlil qila olgan bo`lsangiz, unday bo`lsa ishingizga omad ?

Ha aytgancha teamspeak dasturi uchun yaxshi server: http://198.143.136.146
Bu yerda turli hil davlatlardan odamlar bor, ko`plari endi ingliz tilini o`rganayotgan o`smirlar. Lekin suxbatlashishda sizni lol qoldirishadi ?

Mirshohid Ismatov haqida

DREAMING BIGGER. REACHING HIGHER. #RoadToJapan / @Mirshohid

Fikr bildirish

Sizning elektron pochtangiz hech kimga ko`rinmaydi. To`ldirilishi shart *

*

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.