Uzcoin bu – kriptavolyuta

Aynan ushbu mavzuga oid ma`lumotlarni yig`ib maqola tayyorlayotganimni sababi bor. Agarda e`tibor bergan bo`lsangiz yaqinda saytga tezkor aloqa o`rnatilgan edi. Re:plain orqali Zuxra ismli qiz quyidagicha savol yo`llagan. Ammo men online bo`lmaganim sababli o`rnida javob qaytara olmagan edim. Savol quyidagicha:

“Salom. Kriptovalyuta haqida muhim savolim bor. O’zbekistonda Uzcoin nomi ostida faoliyat olib borilayorgan kriptovalyuta qonuniymi? Bu moliyaviy piramida emasmi?”

Shundan keyin ushbu mavzuga oid maqola tayyorlab boshqalarga ham o`zim o`qigan hamda topgan ma`lumotlarimni ulashmoqchi bo`ldim. Kriptavalyuta o`zi nima degan savolga bu yerdan javob olasiz.

Endi UzCoin’ga kelsak hali ushbu tizim haqida to`liq ma`lumotlar mavjud emas nazarimda. Ammo lekin ushbu tizimning sahifasini facebook’dan topishimiz mumkin. Aynan ushbu sahifadan bir necha oy oldin manabu ma`lumotni o`qib qisqa ma`lumotga ega bo`lgan edim.

UzCoin nima? Aslida, u – internet orqali ishlovchi pul birligi. Pul o’tkazish va ushbu pul birligini boshqarish Blokcheyn tizimida amalga oshiriladi . Ayni paytda mayning fermasi (kriptovalyuta pul birligini ishlab chiqarish uskunasi) minglab UzCoin pul birligini ishlab chiqarmoqda , foydalanish uchun erkin ishlovchi UzCoin – pul birligi kelajakda barcha uchun qulay tizim sifatida O’zbekistonda samarali innovatsion loyiha bo’lishiga ishonamiz. UzCoin xizmatlari uchun haq olinmaydi (Shartnoma shartlari bundan mustasno). Tizim hakkerlar hujumidan to’liq himoyalangan holda ishlaydi. UzCoin pul birligi Bitcoin va boshqa altcoinlar (muqobil pul birliklari)dan farqli o’laroq, loyihaga sarmoya kiritish va UzCoin pul birligini sotib olish kabi holatlar qonuniy shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Bundan tashqari ularning Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalaridan manabu ma`lumotlarni topdim. Asosan bunda UzCoin haqidagi ma`lumotlar mavjud.

UzCoin hozirda kriptovalyuta tizimiga asoslangan investitsiya loyihasi ko`rinishida o`z faoliyatini davom ettirmoqda. UzCoin o`z faoliyatini jadal ravishda 2017 – yil 1- yanvar sanasidan boshlab amalga oshirgan. UzCoin brendi ostida o`z faoliyatini yurituvchi kriptovalyuta electron pul birligining 2016- yil sentabr oyidagi amaldagi qiymati 0.27 $ ni tashkil qilgan. 2017- yil 1- yanvardagi e’lon qilingan qiymatga ko`ra, 1 UzCoin = 1 $ qiymati bilan baholangan. Yanvar oyidan boshlab loyiha “Business Invest Cryptocurrency” Ltd. firmasi tomonidan boshqarib kelinmoqda.

Endi savolning asosiy mazmuniga to`xtalsak. Savolda bu moliyaviy piramida emasmi deb so`ralgan. Meni qidirishlarim bo`yicha hali ushbu tizim haqida OAV’lar ma`lumot yozishmagan. Eng maqbul yo`l ularning o`zlari bilan bog`lanish hamda asosiy maqsadlarini surishtirish kifoya deb o`ylayman. UzCoin’ning rasmiy web sayti https://uzcoin.io bo`lib, u yerda ko`p ma`lumotlar keltirib o`tilgan hamda bog`lanish uchun raqamlar berib qo`yilgan. Yoki bo`lmasam ularning telegram messenjeridagi kanallari orqali ma`lumotlarini olib bog`lansa bo`ladi.

Agarda men keyinchalik yana bu haqida ma`lumotlarga ega bo`lganimdan so`ng, yana bir alohida maqola yozib sizlar bilan ulashaman.

 

Mirshohid Ismatov haqida

DREAMING BIGGER. REACHING HIGHER. #RoadToJapan / @Mirshohid

2 ta fikrlar mavjud

  1. КриптАвалюта эмас КриптОвалюта езилади.

Fikr bildirish

Sizning elektron pochtangiz hech kimga ko`rinmaydi. To`ldirilishi shart *

*

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.