Shov-Shuvlarga sabab bo`layotgan MOMO aslida kim yoki nima?

Aynan ushbu post’ni yozishimga bir qancha o`zbek tilidagi bo`lar bo`lmas maqolalar hamda olib qochdi gaplar bo`ldi. Demak hozir biz hamma joyda shov-shuv bo`layotgan hamda turli xil gaplar tarqalayotgan MOMO haqida gaplashamiz.

Hozirda O`zbekiston ijtimoiy tarmoqlarida MOMO (aniq bir narsa deyish qiyin, aslida kompyuterda joylashgan robot yoki texnikani tushuna oladigan mavjudot, ba`zi bir manbaalarda esa uni butun bir jamoaga tegishli deb ham aytishgan) haqidagi gap so`zlar hamda turli xil rasmlarni ko`rishimiz mumkin. Ko`pchilik bunga ishonib buni tezlik bilan qidira boshladi. Hattoki odamlar shunday bo`lar bo`lmas, yog`lon ma`lumotlarni tarqatishganki, hayratdan yoqa tishlaysiz. Rasmda quyidagiday yozilgan “Rossiya va Qozog`iston davlatlaridan 150 ga yaqin inson vafot etgan”. Agarda yaxshilab bu narsani rasmiy manbaalarga tayanib aniqlaydigan bo`lsak, ushbu narsa ilk bor Argentinada paydo bo`lgan hamda hozirda 3 ta raqam orqali odamlar kuzatishgan. 1 ta raqam Yaponiyadan, qolgan 2 tasi esa Yevropa davlatlaridan. Shu bilan bu narsalarning bari whatsapp messenjerida bo`lib o`tgan. Boshqa joylarda umuman kuzatilmagan(telegram va shunga o`xshash boshqa messenjerlarda), buning orqasidan esa bir Argentinalik 12 yoshli qizaloq aynan shu narsaning orqasidan o`z joniga qasd qilgan.

Manabu rasmga e`tibor bering.

photo_2018-08-10_22-52-41

Bu yerdagi ma`lumotlarni qanchalik to`g`ri deb o`ylaysiz? Telegram orqali telefon qilgan hamda barcha ma`lumotlarni aytib bergan? Juda ham qiziq emasmi? Bu yerda ular faqat ertak aytishmoqda.

Shuni unitmasligimiz kerakki bu hech qanday o`yin emas, ammo lekin hazil ham bo`lmasligi mumkin. Rossiyadagi Rus youtube kanallarida juda ham ko`p muhokamalarga sabab bo`lmoqda. Kimdur uni shunchaki dasturlab qo`yishgan, seni telefon qilishga majburlaydi desa yana kimdur uni shunchaki safsata deb atamoqda. Aniq ma`lumotlarni taqdim e`tishmagunga qadar aniq ma`lumotlarni bilish qiyin albatta.

Rasmdagi personaj o`zi kim? Ma`lum bo`lishicha u Yapon ustasi Midori Xayasining haykallaridan biri hisoblanadi hamda ushbu ishni boshlaganlar aynan ushbu personajdan foydalanishgan. Bu ayol qiyofasidagi qo`sh oyoqli mavjudotning byusti, uning ko`zlari qinidan chiqay deydi, yuzida esa g`alati tabassum muhrlangan. Bu haykal va xavfli o`yin o`rtasida hech qanday umumiylik yo`q.

Keyin men yana qiziqib chet el nashrlaridan ma`lumotlarni izlay boshladim. Ma`lumotlarni o`qir ekanman meni titroq bosdi. Sababi barchasida bolalaringizni whatsappga yaqinlashtirmang deb yozishgan. Hamda buni o`yin ekanligi haqida ham aytishgan. Aniqlanishicha ular biron bir kishi bilan aloqaga chiqishganidan so`ng unga turli xil tajovusskorona hamda shunga o`xshash rasmlarni hamda videolarni yubora boshlashadi, keyingi bosqichlarda bosimlar o`tkazishadi, qo`rqitishadi. Agarda shartlar bajarilmasa internet yoki bo`lmasam kontakt raqamlar orqali ma`lumotlarni aniqlab tahdidni kuchaytirishadi. Agarda rozi bo`linsa, ma`lumotlar kelishni davom etaveradi.

Aynan shu paytda rossa ommaning vahimalariga sabab bo`lgan “Ko`k kit” o`yinini bartaraf etish jarayonida aytilgan so`zlar yodimga keldi, unda quyidagicha fikrlar keltirilgan edi “Kim biladi deysiz, sizga yozayotgan odam siz haqingizdagi ma`lumotlarni aytib sizni qo`rqitib, hozir boraman, keldim deb sizni qo`rqitsa siz ishonasizmi? Hech o`ylashga harakat qilib ko`rmaganmisiz, u inson balkim bir ojiz, uyidan chiqa olmaydigan, sizni uyingizga kelish tugil sizga ozor ham yetkaza olmasa?” deb aytilgan edi.

Bundan qanday qilib himoyalanish mumkin?

“Messenjerni qanchadir muddatga faqat kontakt ro`yxatidagi raqamlardan qo`ng`roq qabul qilishga sozlab qo`yish kerak. “WhatsApp” da bunday operatsiya mavjud emas. Ammo “Momo” sizning kontaktlaringiz ro`yxatida paydo bo‘lsa, uni darrov bloklab qo`yish mumkin”.

Ha aytgancha yana bir xabarni aynan ushbu post oxirida yozib o`tmoqchiman. Bloger G`ulomjon Nazarov‘ning ta`kidlashicha bu hech qanday o`yin ham boshqa narsa ham emas, bu shunchaki Whatsapp messenjerining yangi qora PR ya`ni reklamasi ekanligini ta`kidlamoqda va quyidagi gaplarni alohida aytib o`tdi: “Bu narsalarni o`qiganimdan so`ng messenjerga anchadan beri kirmaganimni xis qildim hamda qaytadan u messenjerdan ro`yxatdan o`tdim, mana asosiy narsa qayerda, ular odamlarni o`ziga jalb qilib olish uchun aynan ushbu usuldan foydalanishmoqda” deb o`tdi.

Yana bir yosh bloggerlardan biri Fozilov Kamron esa quyidagi o`z shaxsiy fikrlarini bildirib o`tdi: “Men umuman boshqacha o`ylayapman. Ya`ni mening fikrimcha boshqa ijtimoiy tarmoqlar aynan whatsapp messenjerini sindirish maqsadida shunday qilishayotgan bo`lishlari mumkin. Sababi ko`plab odamlar whatsapp mesenjeridan qo`rqib qolishmoqda va uni o`z qurilmalaridan o`chira boshlashdi. Sababi boshqa saytlarda ham whatsapp messenjerini mobil telefonlardan o`chirib tashlashga dav`at etilmoqda”.

 

Sizning fikringiz barcha uchun muhim, siz qanday fikrdasiz?

Mirshohid Ismatov haqida

DREAMING BIGGER. REACHING HIGHER. #RoadToJapan / @Mirshohid

3 ta fikrlar mavjud

  1. Salom Mirshohid. Avvalambor rahmat. Mening ham fikrlarimni o’z blogingizda ulashibsiz. Ishlaringizga rivoj. Qiziqarli maqolalar kutib qolamiz !

  2. Beruniy.Net admini Javlonbekdan, Mirshohidga va tepagi izoh egasi Kamronga salom.
    Salom do’stlar!

  3. Maqola yaxshi chiqibdi!

Fikr bildirish

Sizning elektron pochtangiz hech kimga ko`rinmaydi. To`ldirilishi shart *

*

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.