HTML va CSS videokurslari (to`liq)

SIFATLI, TEZ, ONSON, SAYT YARATISH:

 

Salom mening ismim Mirshohid. Mirshohid.Uz hamda UzDown.ru saytlarining muallifiman. Aynan hozirda Axborot

 texnologiyalari kollejining 2-bosqich dasturiy injenering yo`nalishida tahsil olmoqdaman. Yoshim 17 da. Internetda odamlarga sayt yaratishni va hamda unga ishlov berish haqida, hamda youtube’ orqali bir qanday qiziqarli ma`lumotlarni ulashib kelmoqdaman.

HTML va CSS videokurslari:

2016-yil boshida HTML va CSS’ga oid ilk videokurs’imni tayyorladim. Siz ushbu videokurs yordamida mustaqil kod yozishni hamda CSS yordamida chiroyli dizayn tayyorlashni o`rganishingiz mumkin. Ushbu qo`llanma beginner’lar hamda maktab o`quvchilari uchun ham juda foydali ?

 

 

 

Sayt yaratishni o`rganmoqchi bo`lganimda meni quyidagi savollar qiynagandi.

Qanday qilib sayt yaratishni o`rgansam bo`ladi?
Sayt yaratish uchun eng yaxshi dastur qaysi?
Murakkab dasturlash tillarini o`rganishim kerak mikan?
O`zim xoxlagandek sayt yaratishim qiyin bo`lsa kerak?
Aynan shu kabi savollar har kuni meni o`ylantirar edi. Hozirda bu haqida Rus-tilidagi hamda ingliz-tilidagi ma`lumotlar juda ham ko`p. Ammo Ona-tilimizda o`rganishga yetmaydi.

Texnik ma`lumotlar:

Videolarning umumiy soni:17 ta
Videolarning umumiy davomiyligi: 2 soat 33 daqiqa
Umumiy hajm:1,22 ГБ
Video formati:MP4 (1366×768 HD)
Video kurs ichida barcha kerakli dastur va qo`shimchalar bor

Siz ushbu darslarni o`zlashtirishga tayyormisiz? Unday bo`lsa ushbu videokursni bepul yuklab oling hamda o`z saytingizning ilk ko`rinishini yarating.

* Fayl mahalliy hudud ya`ni TAS-IX’da joylashmagan. Sababi aynan hozirda bizning mahalliy fayl hostinglarga bir vaqtni o`zida katta fayl yuklashning ilojisi yo`q. Ushbu kurs MEGA.NZ file hostingida. Yuklab olish juda ham qulay))

Ishlaringizga omad 🙂